Davlatobod tumanidagi 18-DIMIning 11-sinf o'quvchisi Gulnoza Olimova 8 ballik IELTS sertifikatini qo'lga kiritdi.  Bu haqida Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Rus tilini ham mukammal o'zlashtirgan o'quvchi 2 yil davomida ta'lim maskanidagi mashg'ulotlar bilan birga muntazam ingliz tili bilan shug'ullangan. Qolaversa, u o'zining natijasini jamoaviy o'zlashtirishda deb biladi.

Gulnoza maqsadlariga erishish uchun kuniga 12-14 soat o'z ustida ishlab, hozirda kimyo, biologiya, matematika fanlari bilan chuqurroq shug'ullanmoqda.