2022-yil sentyabr oyida Boshqirdiston sport delegatsiyasi va Namangan viloyati hokimligi o'rtasida tuzilgan memorandumga muvofiq tashkil etilgan mazkur turnirda Baxtiyor Turg'unpo'latov bosh murabbiyligidagi Namangan viloyati terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qildi.
Xalqaro turnirda Jahon belbog'li kurash federatsiyasi prezidenti A.G'aniev, Osiyo belbog'li kurash konfederatsiyasi raisi M.Muratov, O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi raisi R.Dastirov, Namangan viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i A.To'ychiev va Boshqirdiston Respublikasi sport vaziri R.Habibov ishtirok etdi.
Musobaqada belbog'li kurashchilarimiz – Mohigul Ibragimova, Murodjon Hamidov, Abdurasul Habibullayev, Muhriddin Nuraliev, Iskandar Ismoilov, Rustam Umarov, Latifjon Badalovlar ishtirok etib, jamoaviy bellashuvlarda finalga qadar etib keldi. Sportchilarimiz jamoaviy hisobda shohsupaning ikkinchi pog'onasidan joy oldi.
Finalning yakkalik bahslarida esa Murodjon Hamidov, Muhriddin Nuraliev, Rustam Umarov raqiblaridan ustun kelib, g'alaba qozondi.
Ilhom Rahmonov