Fotosuratdagi bu kichik traktor esa uning eng katta ixtirolaridan biridir. Mazkur transport vositasi bir necha vazifalarni bajaradi.

– Yoshligimdan ustachilik, temirlar bilan ishlashga qiziqaman, - deydi Farhod Alimboyev. – Traktorlar yasashni toʻrt yil oldin boshlanganman. Ekskavator, yuk ortadigan traktorlar qimmat boʻlgani uchun ushbu transport vositalarini oʻzim yasab koʻrishni maqsad qilganman. Qishloq sharoitiga mos keladigan traktorning vazni 2 tonna 300 boʻlib, propan gazida yuradi. Ushbu kichik texnikada bir nechta vazifani bajarsa boʻladi.

 

photo_2020-10-26_12-34-24.jpg

Xususan, undan yoʻllarni tekislashda foydalansa boʻladi, 1 tonnagacha boʻlgan yukni koʻtaradi, kovushlarini almashtirsak asfaltni tekislaydi, shagʻal va sementni oʻzi kovushiga olib aralashtiradi, 2,5 metr balandlikka koʻtarib, tayyor opalubkaga quyib beradi. Traktorning konteyner temirlari, ramalarini bozordan sotib olganman. Shveller, diskalarini oʻzim yasaganman, motori esa “VAZ-2106” avtomashinadan olib qoʻyilgan. Ayni paytda ijaraga olingan kichikroq ustaxonada faoliyat yurityapman. Agar davlatimiz tomonidan menga ishonch bildirilib, ixtiro qilishim uchun joy va mablagʻ ajratilsa men qishlogʻimizning 100 ga yaqin ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlagan boʻlar edim.

photo_2020-10-26_12-34-22.jpg

Qahramonimizning fikrlari, yangi gʻoyalarini tinglab shunga amin boʻldikki, yurtimiz yoshlari buyuk ajdodlarimiz, olimu ulamolarimizga munosib voris sifatida yangiliklar yaratishga ishtiyoqi baland.