Mazkur hududni ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun byudjet mablagʻlari jalb etiladi.
Shu maqsadda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov ushbu mahallada boʻlib, haqiqiy holatni oʻrgandi, bu yerga ichimlik suvini tortib kelish uchun saʼy-harakatlarni boshlab berdi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mahallada 22 kilometr ichki tarmoqlar tortish hamda 2800 ta xonadonni ichimlik suviga ulash rejalashtirilgan.
Natijada mazkur mahallaga tutash boʻlgan “Yoshlik”, “Mustaqillikning 5 yilligi”, “Axsikent”, “Mingterak”, “Oromgoh”, “Tinchlik” kabi mahallalar aholisi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.
Hozirgi kunda qisqa muddatlarda obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini yakunlash choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, obyektda qurilish-montaj ishlari olib borilyapti.