NamDU prorektori, rektor maslahatchisi, bo'lim boshlig'i, dekan o'rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida ijarada turuvchi talabalarning hayot tarzi o'rganildi.

Ular istiqomat qilayotgan xonadonda issiqlik holati, dars tayyorlash uchun yaratilgan qulayliklar hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ko'zdan kechirildi. 
Xonadon egalari va universitet rektorati doimiy o'zaro aloqada bog'lanib turishga kelishib olindi. 

Yoshlarga oliy o'quv yurti rektorati tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi. Yigit-qizlar kayfiyati va sog'ligi yaxshi ekanligini aytib, e'tibor va g'amxo'rlik uchun universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildirishdi.