Namibiya tarixida ilk bor ayol kishi prezident bo'ldi

    Namibiya Saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko'ra, Namibiya vitse-prezidenti Netumbo Nandi-Ndaitva prezidentlik saylovlarida g'alaba qozonib, mamlakat tarixidagi birinchi ayol prezident bo'ldi.

    Namibiyada umumiy saylovlar 27-noyabr kuni bo'lib o'tgan edi.

    Komissiyaning Facebook ijtimoiy tarmog'idagi xabariga ko'ra, prezidentlik saylovlarida SVAPO (Janubi-G'arbiy Afrika xalq tashkiloti) hukmron partiyasidan Netumbo Nandi-Ndaitva 57,31 foiz ovoz bilan g'alaba qozondi, unga 638 mingdan ortiq kishi ovoz berdi, deb xabar beradi ria.ru.

    Shu bilan birga, Frans Press muxolifat saylov natijalaridan noroziligini bildirganini qayd etadi.

    Avvalroq Netumbo Nandi-Ndaitva RIA Novostiga umumiy saylovlarda g'alaba qozonsa, iqtisodiy rivojlanish masalalariga ustuvor ahamiyat berishini aytgan edi.