Jumladan, umumiy pul tushumlarida terminal orqali tushumlar ulushi 2022-yil I choragidagi 31,2 foizdan 2023-yilning mos davrida 37,6 foizga oʻsishi kuzatildi.
2023-yil yanvar-mart oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 173,9 trln. soʻmni tashkil etgani holda, 2022-yilning mos davriga nisbatan 23,6 foizga oshdi.
Jumladan, banklarga naqd pul tushumlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 24,2 foizga oʻsib, 87,8 trln. soʻmni tashkil qildi.
2023-yilning I choragida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2022-yil yanvar-mart oylariga nisbatan 23,0 foizga koʻpaydi va 86,1 trln. soʻmni tashkil etdi.