Uning soʻzlariga koʻra, Marsda tadqiqotlar davom etmoqda: Perseverance marsoxodi sayyoraning yuzini oʻrganayotgan boʻlsa, uning orbitasida avtomatik sayyoralararo stansiyalar Marsning yuzi va atmosferasini tahlil qilmoqda.

Qayd etilishicha, NASA mutaxassislari Oy va Marsdagi hayotni taʼminlash masalasi bilan shugʻullanmoqda. “Bizning maqsadimiz — Oydagi hayot va ishlash haqidagi bilimlarimizni quyosh tizimidagi sayyoralarni yanada tadqiq qilish uchun qoʻllash”, dedi Nelson.

Eslatib oʻtamiz, kecha AQSH prezidenti Jo Bayden 2023 moliya yili uchun byudjet loyihasini taklif qilgan edi. Unga koʻra, NASA ilmiy tadqiqotlar, Yerni oʻrganish va kosmik texnologiyalarni rivojlantirish uchun taxminan 26 milliard dollar olishi mumkin.