Bu haqda AQSH milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, sananing keyinga surilishi bir qator test sinovlarini oʻtkazish zarurati bilan bogʻliq.
29-avgust va 3-sentyabr kunlari kosmik kemalarni parvoz ettirishga urinish boʻlgandi. Har ikki holatda ham raketaga yonilgʻi quyish chogʻida vodorod sizib chiqqani sababli parvoz bekor qilingan. Mutaxassislarning fikricha, bunday nosozlik raketaning oʻzidagi muammolar bilan emas, balki yoqilgʻi quyish uskunasi bilan bogʻliq, shuning uchun ular parvozga hech qanday toʻsiq koʻrmayapti.
Kuni kecha Oyga uchayotgan sunʼiy yoʻldosh NASA — CAPSTONE nosozliklar tufayli xavfsiz rejimga oʻtkazilgani haqida xabar berilgan edi. Uning maqsadi Amerikaning boshqariladigan Oyga yaqin Gateway stansiyasi texnologiyalarini sinovdan oʻtkazishdir.