NASA Cargo Dragon yuk kemasini XKSga uchirishni 6-noyabrga qadar qoldirdi

    Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) oziq-ovqat zaxirasi va tadqiqot uskunalarini joʻnatishi kerak boʻlgan Cargo Dragon yuk kemasi 6-noyabr kuni uchiriladi. Bu haqida AQSH Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) blogi xabar bermoqda.

    Jumladan, Cargo Dragonni (XKS) uchirish rejalashtirilgan muddati AQSHning Sharqiy qirgʻogʻi vaqti bilan 22:01 dan ilgari amalga oshirilmaydi.

    Cargo Dragon yuk kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) Falcon 9 ogʻir raketa tashuvchisi yordamida Florida shtatidagi Kennedi koinot markazidan havoga koʻtarilishi moʻljallangan.