Asteroidning diametri 430-960 metr atrofida ekani taxmin qilinmoqda.
Asteroid tezligi soniyasiga 14,25 kilometrni tashkil qiladi. Asteroid orbitasi Yerga har ikki-uch yilda yaqinlashadi, biroq endi yaqinlashish masofasi rekord darajada bo'lishi kutilmoqda.
Sayyora orbitasini 7,5 million kilometrdan kamroq masofada kesib o'tadigan, diametri esa 100-150 metrdan yuqori bo'lgan asteroidlar Yer uchun xavfli sanaladi, deb xabar beradi kommersant.ru.