Olimlarning aytishicha, HiRISE kamerasi bilan jihozlangan Mars Reconnaissance Orbiter Qizil sayyora atrofida aylanib yuradi va uning yordamida sayyorashunos olimlar Mars yuzasidan deyarli 300 kilometr balandlikdan olingan yangi suratga ega bo'lishdi. Rasmda sekin harakatlanuvchi muz oqimi ko'rsatilgan.

Qayd etilishicha, Marsda muzlarni nafaqat qutb mintaqalarida uchratish mumkin, balki sekin harakatlanadigan muz oqimlarini sayyoraning mo'tadilroq mintaqalaridan ham topish mumkin.

Misol uchun, Mars yuzasining yangi tasvirida 37-parallelda joylashgan shunday oqim ko'rsatilgan. Olimlarning fikriga ko'ra, bu oqim juda sekin harakatlanadi va vodiylar o'rtasidagi toshli yoriqlarda va kraterlarda hosil bo'ladi, deb xabar beradi korrespondent.net.