“Interfaks” xabariga koʻra, bu Yerdan tashqaridagi birinchi parvoz boʻladi. Birinchi reys uchirilganidan bir necha soat oʻtgach, uning translyatsiyasini ijtimoiy tarmoqlar va agentlikning veb-saytida koʻrish mumkin.
Vertolyot 18-fevral kuni Mars yuzasida harakatlanuvchi Perseverance roverida Yezero krateriga yetkazilgan. Rover parvoz paytida qoʻllab-quvvatlaydi, suratga oladi, atrof-muhitga oid maʼlumotlarni toʻplaydi va vertolyotning yerdagi missiya nazoratchilari bilan aloqa qilishiga imkon beradigan bazaviy stansiyani joylashtiradi.
Uchish sanasi oʻzgarishi mumkin, chunki muhandislar parvozdan oldin tekshirish va buyumlarni joylashtirish boʻyicha ish olib bormoqda.