Hozircha 2023-yil rekordlar bo'yicha uchinchi eng issiq yil sifatida tan olingan. Ammo uning reytingdagi o'rni keyingi oylar natijalariga ko'ra o'zgarishi mumkin.

“2023 yil 99 foiz holatda eng issiq beshta yil tarkibidan o'rin oladi va deyarli 50 foiz holatda eng issiq yil bo'lishi ehtimoli bor” dedi Milliy okean va atmosfera boshqarmasi bosh ilmiy xodimi (NOAA) Sara Kapnik.

NASAning Goddard nomidagi Koinot tadqiqotlari instituti direktori Gevin Shmidt 2024-yil 2023-yildan ham issiqroq bo'lishi mumkinligini ta'kidladi. Bu El-Nino iqlim fenomeni bilan bog'liq. Bu – Tinch okeanining ekvatorial qismidagi er usti suvi haroratining tebranishlari. El-Nino iqlimga global ta'sir ko'rsatadi, isiqlikni, shuningdek ekstremal tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi.

Shmidtning bashorat qilishicha, El-Nino ta'siri 2024-yilda eng yuqori cho'qqiga chiqadi. Shu sababli 2023-yilda o'rnatilgan ko'plab harorat rekordlari yangilanishi mumkin.

2023-yilning iyuli 174 yil ichidagi eng issiq oy sifatida qayd etildi. Okeanlarning harorati ham rekord darajaga yetdi, deb xabar beradi mir24.tv.