Amerikaning yangi oy dasturi “Artemida” shu parvoz bilan boshlanishi kerak edi, ammo texnik muammolar bunga to‘sqinlik qildi. 

Deyarli 100 metr balandlikdagi raketa mahalliy vaqt bilan 08:33 da uchirilishi kerak edi. Biroq, muhandislar sovutish suyuqligi digatellardan sizib chiqishini to‘xtata olmadi va uni me’yoriy ish haroratiga keltirish qiyin kechdi. 

Muhandislar, shuningdek, raketaning tepasida paydo bo‘lgan yoriqdan xavotirda edi, ammo keyin bu shunchaki to‘planib qolgan qirov, deya qaror qilishdi.

“AQSH kosmik agentligi kelasi hafta SLSni ishga tushirish uchun bir qancha imkoniyatlarga ega.  Bu 2-sentyabrda amalga oshirilishi mumkin, ammo bu muhandislar muammolarni qanchalik tez hal qila olishiga bog‘liq”, deydi NASA xodimi Derrol Neyl. 

SLS uchish paytida deyarli 60 ta Concorde tovushdan tez uchadigan samolyotlarning quvvat ekvivalentini ishlab chiqaradi.

Hatto shunday quvvatga ega dvigatellarning sovutish bilan bog‘liq muammolari katta falokatga aylanishi mumkin edi, shuning uchun ishga tushirish bo‘yicha direktor Charli Blekvell-Tompson soat  08:47 da “Artemida” parvozini bekor qildi.