NASA Parker quyosh zondini quyoshga “tegadigan” birinchi kosmik kema sifatida taʼriflamoqda. Olimlarning rejasiga koʻra, yetti yilga moʻljallangan missiya davomida zond yulduz atrofida 24-marta aylanib, unga rekord masofada 6,1 million kilometr yaqinlashadi; hozirda rekord 1976-yilda Quyoshdan 43,4 million kilometr uzoqlikda uchgan nemis-amerika hamkorligidagi Helios-2 zondiga tegishli. Yerning Quyoshdan oʻrtacha masofasi 149,6 million kilometrni tashkil qiladi.
Parker quyosh zondi yulduzning yuqori atmosferasi boʻlgan quyosh tojiga kirgan birinchi kosmik kema boʻldi. Prob erishi oldini olish uchun u 11 sm qalinlikdagi CFRP ekran bilan himoyalangan boʻlib, taxminan 1300 daraja harorat uchun moʻljallangan; avtonom datchik tizimi probning himoyalangan tomonidan quyoshga burilishini taʼminlaydi. Zond yaratuvchilari, Jons Hopkins universiteti amaliy fizika laboratoriyasi xodimlarining soʻzlariga koʻra, ilgari kosmik apparatlar Quyoshga yaqinlasha olmagan, chunki texnologiya ularni yetarli darajada issiqlik muhofazasi bilan taʼminlashga imkon boʻlmagan.