Basseynning chuqurligi 60 m. Uni toʻldirish uchun kamida 14 million litr suv kerak, deb yozadi The National News nashri.
Tashqarida oddiy mehmonlar uchun 80 oʻrindiq va bir nechta kuzatuv maydonchalari mavjud. Basseynda chuqur yoʻlak bor, unga tushadigan suvosti shoʻngʻuvchilari oʻzlarini “Choʻkib ketgan shahar”da koʻrishadi.
Basseynda kvartiralar va hashamatli kabriolet, oʻyin avtomatlari va hatto bilyard stoli mavjud. Barcha rekvizitlar diqqat bilan oʻylangan va eʼtiborni jalb qiladi. Bundan tashqari, barpo etilgan quruq xonalar va 56 boʻlma bu yerga keluvchilar xizmatida. Butun makon yoritish tizimi bilan taʼminlangan.
Yangi basseyn shoʻngʻish mashgʻulotlari bilan birga sayyohlarning dam olishi uchun ham ishlaydi. Deep Dive Dubaida NASA tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar oʻrin olgan.