X-59 samolyoti Quesst dasturi doirasida ishlab chiqilgan. NASA ta'kidlashicha, loyiha tovushdan tez uchadigan tijoriy parvozlarga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashga yordam beradi. Ushbu turdagi reyslarga parvoz davomida hosil bo‘ladigan shovqin tufayli 50 yildan ortiq vaqtdan beri cheklovlar mavjud.
X-59 ni ishlab chiqish 2019-yilda boshlangan va yig‘ish 2021-yilda yakunlangan. Birinchi sinov parvozi joriy yilning bahor oxiri yoki yoz oylariga rejalashtirilgan. Taxminlarga ko‘ra, samolyot 16,8 ming metr balandlikda 1488 km/soat tezlikka chiqa oladi.