NASA Uranning noyob suratlarini namoyish etdi

    Uebb teleskopi Quyosh tizimidagi yettinchi sayyora – Uranni bu yil ikkinchi bor suratga oldi.

    Yangi suratda muz gigantining halqalari, uning 27 ta sun'iy yo'ldoshi aniqroq aks etgan.

    Katta suratda Uranning beshta katta yo'ldoshi Ariel, Miranda, Oberon, Titaniya va Umbrielni ko'rish mumkin.

    Olimlarning fikricha, halqa tizimidan tashqari Uranning to'g'ridan-to'g'ri Yer va Quyoshga qaragan shimoliy qutb “qalpog'i” ham alohida e'tiborni tortadi. Qutb “qalpog'i”ning markazida qorong'u halqa bilan o'ralgan yorqin nuqta bor. Astronomlar bu “qalpoq”ni avval ham ko'rishgan, biroq u birinchi marta ana shunday aniqroq detallari bilan “ko'rinish berdi”, deb xabar beradi korrespondent.net.