Olimlarning fikricha, Yupiterning tabiiy yo'ldoshi – Yevropada Yerdan ikki barobar ko'p suv bo'lishi mumkin.
Fazoviy kema taxminan 3,2 milliard kilometr masofani bosib o'tadi va tabiiy yo'ldoshga 2030-yilda yetib boradi. U kartografiya uchun quyosh panellari va kameralar bilan, muz osti suvlarini o'rganish uchun radar bilan jihozlangan. Olimlar organik birikmalar izlarini va hayotni qo'llab-quvvatlovchi muhitda mikroblar mavjudligini o'rganishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.