Tadbirda bugungi kunda noshirlik, matbaa va kitob savdosi sohasida dolzarb muammolar, kitoblarning mazmun mundarijasini baholash mezonlari, noshirlik faoliyatida mualliflik huquqlariga rioya etilishi, tarjima asarlarni nashr etish, kitoblarga ISBN va davriy nashrlarga ISSN xalqaro standart tartib raqamlari, hamda kitoblarga UOʻK va KBK indekslarini taqdim etish, Elektron va audikitoblar platformasi, Noshirlar va kitob savdosi tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi faoliyati yoritildi. 23-aprel — Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuniga bagʻishlangan mavzuga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Nashriyotchilik sohasidagi muammo va yechimlar, shuningdek, kitobxonlikni ommalashtirish borasida amalga oshirilgan hamda istiqboldagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan respublikada chop etilayotgan kitoblarga va davriy nashrlarga xalqaro standart tartib raqamlari, kitoblarga UOʻK va KBK indekslarini taqdim etishning onlayn xizmati yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida mazkur xizmat turlari bilan yaqindan tanishishtirish, ushbu xizmat turining tartibi va ularga rioya etilishining ahamiyati toʻgʻrisida taqdimotlar tayyorlandi. Unda nashriyotlar va tahririyatlardan vakillar, shuningdek ushbu xizmatlardan foydalanuchilar ishtirok etadilar. Tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan savol va takliflar tadbirni qizgʻin munozarali tazrda boʻlib oʻtishini taʼminladi.
Zuhra MELIBOYEVA,
talaba