Yangi qabul qilingan qarorga muvofiq qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlovchilari boʻlgan chorvachilik subyektlari oʻz xoʻjaliklarida yetishtirib realizatsiya qilgan yirik va mayda shoxli qoramollarning tirik vaznidagi har 1 kg goʻshtiga 2000 soʻmdan, har 1 litr sutiga 200 soʻmdan subsidiya belgilab berildi.

Parrandachilik xoʻjaliklarida oʻz xoʻjaligida yetishtirgan va realizatsiya qilgan mahsulotining har bir dona tuxum uchun 50 soʻmdan, parranda goʻshtiga 800 soʻmdan, baliqchilik xoʻjaliklariga intensiv usulda yetishtirgan sovuq suv baliqlari: losyos, farel va astyor kabi baliq turlarining har bir kg uchun 3000 soʻmdan, boshqa turdagi baliqlarga 1000 soʻmdan subsidiyalar belgilab berildi.

Oʻtgan yillarda chet eldan import qilingan hayvonlarga hamda ichki xoʻjaliklarda yetishtirilgan hayvonlarga subsidiya ajratilar edi, bu yildan yangi qaror bilan chorva hayvonlaridan yetishtirilayotgan mahsulotlarga ham subsidiya ajratish belgilandi.

Naslchilik subyektlari endilikda foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun toʻlanadigan soliqlar soliq stavkasining 50 foizini toʻlashi belgilandi.