“Men ushbu uch mamlakatni, ayniqsa, agar siz Pekin yoki Dehlida yashayotgan bo'lsangiz yoki Braziliya prezidenti bo'lsangiz, bunga e'tibor qaratishga chaqiraman, chunki bu sizga juda qattiq ta'sir qilishi mumkin”, dedi Rutte.
NATO Bosh kotibi, shuningdek, Yevropa Ukrainaning tinchlik muzokaralarida eng yaxshi pozitsiyaga ega bo'lishini ta'minlash uchun zarur mablag' ajratgan holda barcha sa'y-harakatlarini amalga oshirishini ta'kidladi, deb xabar beradi lenta.ru.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp agar 50 kun ichida Ukraina bo'yicha tinchlik kelishuviga erishilmasa, Rossiya va uning savdo hamkorlariga 100 foizlik bojlar joriy etishga va'da bergan edi.