NATO mamlakatlari Ukraina Alyansga a'zo bo'lish uchun “ortga qaytmas yo'ldan” borayotganini ma'lum qildi

    10-iyul, chorshanba kuni Vashingtonda o'tkazilgan Alyans sammitining qo'shma deklaratsiyasi shundan dalolat beradi.

    NATO a'zolari Ukrainaning o'z xavfsizlik choralarini tanlash va o'z kelajagini tashqi aralashuvsiz hal qilish huquqini to'liq qo'llab-quvvatlashlarini e'lon qilishdi.

    Qo'shma hujjatda aytilishicha, ular “Ukraina kelajagini NATOda” ko'rishadi. Bundan tashqari, a'zo mamlakatlar davlatning Alyans bilan operativ va siyosiy integratsiyalashuvi tobora kuchayib borayotganini tan oldi.

    “Ukraina bu hayotiy ishni davom ettirar ekan, biz uni yevroatlantikaga to'liq integratsiyasi, jumladan, NATOga a'zo bo'lish yo'lidagi ortaga qaytmas yo'lida qo'llab-quvvatlashda davom etamiz”, deyiladi deklaratsiyada.

    Hujjatda aytilishicha, sammitda qabul qilingan NATO va NATO-Ukraina Kengashining qarorlari Ukrainaning Alyansga a'zo bo'lishi uchun “ko'prik” hisoblanadi.

    Alyans a'zolari Ukrainaning o'zaro hamkorlikdagi taraqqiyotini qo'llab-quvvatlashda davom etishga kelishib olishdi.

    Alyansga a'zo davlatlar, agar ittifoqchilar rozi bo'lsa va Kiev barcha zarur shartlarni bajarsa, NATO Ukrainaga Alyansga qo'shilish taklifini yuborishini qo'shimcha qildi, deb xabar beradi korrespondent.net.

    “Biz yana bir bor tasdiqlaymizki, ittifoq a'zolari rozi bo'lganda va shartlar bajarilsa, Ukrainaga Alyansga qo'shilish taklifini yuborishimiz mumkin”, deyiladi xabarda.