NATOning to'rtta davlati uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalarni ishlab chiqishga kelishib oldi

    Vashingtondagi NATO sammiti doirasida Fransiya, Germaniya, Italiya va Polsha uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi.

    Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

    Unga ko'ra, davlatlar imzolangan kelishuvda raketalar 500 kilometrdan ortiq masofani bosib o'ta olishi kerakligi nazarda tutilgan, deb xabar beradi tass.ru.

    Shu bilan birga, Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasining yozishicha, gap 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan, “Germaniya hududidan Rossiya nishonlariga etib borishi” mumkin bo'lgan raketalar haqida bormoqda. Italiya ommaviy axborot vositalarining aniqlik kiritishicha, hujjat “quruqlik mudofaasini kuchaytirish” maqsadida imzolandi.