Navbahorda yana bir istiqbolli loyiha

    Investitsiyalar 22 Fevral 2021 627

    Navbahor tumanining 1-sektor hududi “Qorajon” mahallasida joylashgan “Paradise garden” MCHJ qoʻshma korxonasi tomonidan uzum va mevani qayta ishlash loyihasining yillik ishlab chiqarish quvvati 80 ming tonnani tashkil qiladi.

    Ushbu mahsulotlarni Janubiy Koreya va Italiya davlatlariga jami 600 ming AQSH dollarlik mahsulot eksportga yoʻnaltiriladi.

    Kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirish natijasida 60 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan. Bugungi kunda qurilish montaj ishlari yakuniga yetkazilgan boʻlib, uskunalarni oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.

    Loyihaning umumiy qiymati 1400 ming AQSH dollari, loyihaning qurilish osti maydoni 0,5 gektarni, uzum bogʻi 50,0 gektarni tashkil etadi.