Navbahorda yangi loyihalar natijasida ish oʻrinlari yaratilmoqda

    Agrosektor 19 Fevral 2021 738

    Navbahor tumani Oʻzbekiston mahallasi hududida “Navbahor agrolimon” MCHJ tomonidan gidroponika usulida tashkil etilgan zamonaviy issiqxona loyihasining yillik ishlab chiqarish quvvati 3,2 ming tonnani tashkil qilib, yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini joriy yilning yakuniga qadar qoʻshni davlatlar hamda Rossiya davlatiga jami 1,0 mln AQSH dollarlik eksportni amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Bugungi kunda mazkur korxonada 40 ta doimiy 200 ta mavsumiy ish oʻrinlari yaratilgan boʻlib, kelgusida ushbu loyihani kengaytirish natijasida qoʻshimcha 60 ta yangi doimiy ish oʻrinlarini yaratiladi. Mazkur loyiha uchun tuman hokimligi tomonidan 20,0 gektar qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer maydoni ajratilgan.

    Turkiyalik agronom Adnan Ozkanning maʼlumotlariga koʻra, pomidorning bir tanasida 30 tagacha mahsulot yetishtiriladi.