“Navoiy azot” AJda chaqnash hodisasi roʻy berdi

    Voqea joyiga viloyat FVB boshligʻi, IIB, SSB, prokuratura xodimlari yetib borgan.

    Bugun, 11-mart kuni soat 14:10 da Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Navoiy koʻchasida joylashgan “Navoiy azot” AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi roʻy berdi.

    Chaqnash natijasida yongʻin kelib chiqdi. Shunga koʻra, hodisa joyiga 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borib, hozirda yongʻinni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

    Voqea joyiga viloyat FVB boshligʻi, IIB, SSB, prokuratura xodimlari yetib borgan, deya xabar beradi viloyat hokimligi axborot xizmati.

    Bu vaziyat boʻyicha FVV Axborot xizmati tomonidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etilishi ham aytildi.