Navoiy davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi A.X., fuqaro S.ni “Musiqa taʼlimi” yoʻnalishi boʻyicha oʻtkaziladigan kirish amaliy imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishini tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga yaqin qarindoshi T. orqali 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olayotganda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.