Tashrif doirasida agentlik rahbari T.Abdusattorov, Navoiy viloyat adliya boshqarmasining birinchi oʻrinbosari M.Turdimov hamda viloyatdagi masʼul tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida erkin iqtisodiy zonada faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida davlat rahbari tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, iqtisodiy zonada eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarga tovar belgisi olish yuzasidan huquqiy maslahat va amaliy yordam koʻrsatildi.

Taʼkidlab oʻtish joiz, Navoiy viloyati intellektual mulk obyektlari rivojlanishi boʻyicha respublikada yetakchi oʻrinlarda turadi. Xususan, davlat rahbari ham yigʻilishda NKMK soʻnggi oʻn yilda 35 ta ixtironi roʻyxatdan oʻtkazib, ularning 16 tasidan 400 milliard soʻmdan ortiq iqtisodiy samara koʻrgani haqida toʻxtalib oʻtgan edi.