Investitsiya loyihasi 2020-2024-yillar davomida hayotga joriy etiladi.
2020-yil 9-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 549-sonli “Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi, unga koʻra investitsion loyiha doirasida quyidagi vazifalar koʻzda tutilgan:
- Mintaqada yangi tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlarining kafolatli elektr taʼminoti;
- Elektr energiyasini ishlab chiqarish sohasida zamonaviy va samarali texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish;
- Elektr energiyasini ishlab chiqarish tan narxini pasaytirish, shartli yoqilgʻi sarfini kamaytirish, tabiiy gazdan samarali foydalanish;
- Mintaqadagi isteʼmolchilarni elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlash;
- Stansiyaning ish faoliyati samaradorligini oshirish.
- Yangi uchinchi bugʻ-gaz qurilmasi qurilishi natijasida stansiyaning ishlab chiqarish quvvatlari oshadi, shartli yoqilgʻi sarfi kamayib, oʻrtacha 1 kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun 200-300 gramni tashkil etishi koʻzda tutilgan. Natijada voha aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalariga yetkazib beriladigan elektr va issiqlik energiyasining hajmi oshib yiliga 550-600 million kubometr tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Malakali mutaxassislar uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratiladi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati