"Hozirda barcha inkubatoriyalarda doimiy ravishda jonlantirishga qo‘yilgan ipak qurti urug‘lari nazorat qilinmoqda", deyiladi "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi matbuot xizmati xabarida.
Viloyat boʼyicha ipak qurtini boqish ishlari natijasida 53 315 mavsumiy ish oʼrinlari va 2 216 ta doimiy ish oʼrni yaratiladi.
Kasanachi va ipak qurti boquvchilarga 250 ming soʼmdan avans pullari va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatib berildi.
Har bir tuman kesimida ishchi nazorat guruhi tuzilib, ularga hududlardagi muammo va kamchiliklarni oʼrganish va joyida hal etish vazifalari yuklangan.