Navoiy viloyatida joriy yilda 2,5 milliondan ziyod daraxt koʻchatlari oʻtqaziladi

    Viloyatda 3 876 gektar tokzor hamda 3 136 gektar bogʻ yaratishga tayyorgarlik tadbirlari qizgʻin olib borilmoqda.

    Navoiy viloyatida joriy yil 7 012 gektar maydonda intensiv bogʻ va uzumzor yaratish rejalashtirilgan.

    Bugungi kunda koʻchat ekishga yer tayyorlash va nihollarni oʻtqazish kabi tayyorgarlik ishlarining borishi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi hamda tuman boʻlimlari tomonidan nazorat ostiga olingan.

    Viloyatda 3 876 gektar tokzor hamda 3 136 gektar bogʻ yaratishga tayyorgarlik tadbirlari qizgʻin olib borilmoqda.

    Jumladan, mazkur bogʻlarni yaratish uchun 2 million 611 dona koʻchat shart boʻlib, ayni paytga qadar 1 million donadan ziyodi yetkazib berilgan.

    Koʻchatlarni yetkazib berish boʻyicha hududlardagi “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari bilan shartnomalar tuzilmoqda.

    Bundan tashqari, viloyat boʻyicha bogʻ yaratish uchun 159 nafar fermer va dehqonlar tomonidan 1 860 gektar yer maydoni koʻchat ekishga tayyorlandi.