Navoiy viloyatida mobil aloqa qamrovi 97 foizga yetdi

    Viloyatda mobil aloqa va mobil internet qamrovini kengaytirish va sifatini yanada yaxshilash maqsadida qoʻshimcha 150 ta yangi baza stansiyalari oʻrnatildi va modernizatsiya qilindi

    Navoiy viloyati boʻyicha 2023-yilning oʻtgan toʻqqiz oyi mobaynida jami 2,03 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, 22,07 ming portga teng telekommunikatsiya uskunalari oʻrnatilgan.

    Amalga oshirilgan ishlar natijasida aholi yashash maskanlarini optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olish darajasi 88 foizga yetkazildi.

    Shuningdek, viloyatda mobil aloqa va mobil internet qamrovini kengaytirish va sifatini yanada yaxshilash maqsadida qoʻshimcha 150 ta yangi baza stansiyalari oʻrnatildi va modernizatsiya qilindi. Natijada viloyatdagi aholi yashash maskanlarining mobil aloqa qamrovi bilan taʼminlanish darajasi 97 foizga yetkazildi.

    Shu bilan birga yaqin kunlargacha hech bir mobil aloqa qamrovi bilan taʼminlanmagan aholi yashash maskanlari ham mobil aloqa va mobil internetdan foydalanish imkoniyati yaratildi. Jumladan, Konimex tumanidagi Karakata ovul fuqarolar yigʻini, Boymurod mahallsining Yangi turmush, Tomdi tumanidagi Tomdibuloq ovul fuqarolar yigʻining Jingildi, Uchquduq tumanidagi Koʻkayaz ovul fuqarolar yigʻinning Aqbaytal va Koʻkayaz, Nurota tumanidagi Kattasoy mahallasidagi Kichiksoy, Suvliq mahallasining Moduvot va Sovuqbuloq qishloqlari aholisi mobil aloqa va internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.