Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6165-sonli farmoni doirasida ichki turizmni rag‘batlantiruvchi vazifalar yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashdan iborat. 

Tadbirda qatnashchilarga yangi farmonning mazmun-mohiyati hamda unda nazarda tutilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ma’sullar tomonidan 2019-2020-yillar viloyatda turizmni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan samarali ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar borasida hisobot taqdim etildi. Shundan so‘ng OAV vakillari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan savol va takliflar berildi, tadbir qizg‘in muhokamalarga boy bo‘ldi. 

Tadbir doirasida 27 sentyabrda Navoiy viloyati hokimligi, viloyat Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi, viloyat teleradiokompaniyasi hamda yurtimizning qator xususiy OAVlari mahalliy muxbirlari hamkorligida Navoiy viloyatining turizm salohiyatiga bag‘ishlangan “Tourism in my opinion” nomli ijtimoiy videoroliklar tanloviga start berilgani haqida e’lon qilindi.