Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.N. va M.A. “Varq” MFY hududidagi xonadonida umumiy bahosi 176,1 mln so‘mlik 37 turdagi 3 441 qadoqdagi yaroqlilik muddati o‘tgan va sifatsiz dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-12-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy jihozlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.