Aniqlanishicha, 1994-yilda Uchquduq tumanida tugʻilgan J. ismli shaxs bir fuqaroning ishonchiga kirib, ichki ishlar organlarida ishlovchi tanishlari orqali uni tizimga xizmatga kiritib qoʻyish hamda tegishli sinovlarsiz haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan. Ushbu “xizmatlari” evaziga gumonlanuvchi 1000 AQSH dollari talab qilgan.

Tezkor guruh tomonidan belgilangan tadbir davomida J. Zarafshon shahridagi savdo majmualaridan birining oldida arizachidan kimyoviy ishlov berilgan 1000 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Soʻroq davomida gumonlanuvchi oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlib, ichki ishlar boʻlimi rahbarining nomidan foydalanganini, aslida esa rahbariyatning bu ishga aloqasi yoʻqligini hamda pullarni oʻz manfaati uchun olganini bildirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.