Viloyatda 2021 yilda jami 3135 gektar yangi o'zlashtiriladigan maydonlarda yangi bog'lar barpo etiladi.

Mazkur 3135 gektar er maydonida yangi bog'lar barpo etish istagini bildirgan 223 ta tashabbuskorlar ro'yxati shakllantirildi. 

Jumladan, Karmana tumanida 380 gektar, Konimex tumanida 100 gektar, Qiziltepa tumanida 1150 gektar, Navbahor tumanida 330 gektar, Nurota tumanida 635 gektar va Xatirchi tumanida 540 gektar maydonda intensiv eksportbop ko'chatlar ekiladi.

Xatirchi tumanida ushbu amaliy ishlar boshlab yuborildi.