Navoiy viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning farzandlarini yozgi taʼtildagi boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida «Sarmish», “Bolajon”, “Zarafshon” oromgohlarida dam olishlari tashkillashtirildi.

Joriy yilning 3-4-iyul kunlari 225 nafar bolalarga ushbu oromgohlarda dam olish uchun yoʻllanma ajratildi. Yozgi mavsum davomida jami 725 nafar bolalarning oromgohlarda dam olishlarini tashkillashtirish rejalashtirilgan.