Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahar, Tomdi va Uchquduq tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda fuqaro N.N. noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Zil” rusumli yoqilgʻi tashishga moʻljallangan avtotransport vositasida “Ai-80” markali benzin yoqilgʻisini Karmana tumanida qoʻlda qimmat narxlarda oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, jami 2 774 litr benzin yoqilgʻisi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.