Oʻzbekiston elchixonasining xabar berishicha, tomonlar Navoiy shahrida koʻp tarmoqli klinikani ochish boʻyicha loyihani roʻyxatdan oʻtkazish borasidagi masalalarni muhokama qilishgan.
AQSHlik tadbirkor Mark Yuinters karantin cheklovlari olib tashlanganidan soʻng Oʻzbekistonga uchib borishga va oʻzining Navoiy shahridagi 24 million dollarlik loyihasini amalga oshirishni boshlashga tayyorligini bildirdi.Investor Oʻzbekistonda qoʻshma korxona tuzish uchun uni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish, xodimlarni yollash va qurilish ishlarini boshlash niyatida ekanligini aytib oʻtdi.
Muzokaralar doirasida tomonlar kasalxonaga ulangan aloqa, shu jumladan, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya tarmoqlari bilan bogʻliq barcha zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etishga kelishib oldilar.USS Inc rahbari taʼkidlaganidek, unga qurilish uchun rejalashtirilgan kasalxonaning uzluksiz ishlashini taʼminlash va qurilish ishlari boshlanishidan oldin texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish uchun unga maʼlumot kerak.
Amerikalik tadbirkor bilan muzokaralar chogʻida yaqin kelajakda Navoiy viloyati rahbariga dunyodagi pandemiya holatini hisobga olgan holda ushbu loyiha uchun yangilangan tarmoq jadvalini taqdim etishni tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Taʼkidlash joizki, ushbu loyiha butunlay chet el kompaniyasining toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalari hisobiga amalga oshiriladi. Uning faoliyati nafaqat 200 ta yangi ish oʻrinlarini yaratibgina qolmay, balki bemorlarni tashxislash va davolashda zamonaviy usul hamda texnologiyalarni joriy etish orqali viloyat sogʻliqni saqlash tizimi sifatini yaxshilashga ham xizmat qiladi.