Maʼlum qilinishicha, viloyatda 2700 kilometrdan ortiq suv quvurlari mavjud. Manzillarga uzatilgan quvurlarni bir nuqtaga bogʻlash uchun turli hajmdagi quduqlar oʻrnatilgan. Suv tarmoqlarida 15 mingdan ortiq, oqava suv tarmoqlarida esa 3000 dan ziyod quduq bor. Ularning har biriga maxsus temir qopqoqlar oʻrnatilgan. Yil boshidan hozirga qadar 58 ta temir qopqoq olib ketilgan.
“Navoiy suv taʼminoti” korxonasi axborot xizmati boshligʻining taʼkidlashicha, shunday olib ketilayotgan qopqoqlar aslida arzimagan summa turadi. Hisob-kitobga koʻra, 1 kilogramm metallolom 1300 soʻm tursa, shu qopqoqning kilosi, oshib borsa, 10 kilogramm ogʻirlikka ega. Bu 13 ming soʻm pul degani.
“Jamiyat tomonidan bu narsa 600 mingdan 2 milliongacha xarajat qilinadi. Katta yuk mashinalari tushib ketganida quduqning atrofini qaytadan taʼmirlash kerak boʻladi. Bu ham davlat byudjetiga zarar hidoblanadi”, — deydi korxona xodimi.