Navoiyda davlat zaxirasidagi yer sotilmadi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy yer sotilishining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.Q. fuqaro U.N.ning ishonchiga kirib, unga Xatirchi tumani, “Tamabahrin“ MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 20 sotix yer maydonini goʻyoki oʻziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini 360 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.