Navoiyda mamlakat chempionlari aniqlandi

    Tugayotgan haftada Navoiy shahridagi yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'g'il va qizlar o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

    Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi chempionatda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 ga yaqin yosh polvon g'oliblik uchun kurashdi.

    Musobaqada o'g'il bolalar 10 ta vazn toifasida, qizlar esa, 7 ta vazn toifasida kuch sinashdi.

    Murosasiz o'tgan chempionatning yakuniy natijalariga ko'ra, quyidagi polvonlar o'z vazn toifasida oltin medalga ega bo'ldi.

    O'g'il bolalar (belbog'li kurash yo'nalishi)

    Shuhrat Qirg'izboev (Andijon, 45 kg.), Sohibjon Boymatov (Toshkent sh., 50 kg.), Muhammadyusuf Mahamadullaev (Andijon, 55 kg.), Kamronmirzo Usmonaliyev (Namangan, 60 kg.), Azimjon Akbarov (Toshkent sh., 65 kg.), Olloberdi Karimberdiyev (Toshkent sh., 71 kg.), Sardor Jumaboev (Toshkent v., 77 kg.), Azimjon Yuldoshev (Namangan, 85 kg.), Anvarjon Xo'jamurodov (Namangan, 95 kg.), Shohrux Shorustamov (Toshkent v., +95 kg.).

    Qizlar (erkin yo'nalish)

    Arofatxon Muhammadova (Andijon, 44 kg.), Mohiraxon Qahhorova (Andijon, 48 kg.), Eldora Alimboeva (Qoraqalpog'iston, 52 kg.), Zaxroxon Mahmudova (Farg'ona, 57 kg.), Durdona Ma'murjonova (Sirdaryo, 63 kg.), Sevara Sajenova (Qoraqalpog'iston, 70 kg.), Jumagul Erkinjonova (Farg'ona, +70 kg.).

    O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

    Izzatillo Jumanov (Farg'ona, 45 kg.), Toxirjon Habibullaev (Namangan, 50 kg.). Muslimbek O'ktamjonov (Toshkent sh., 55 kg.), Dadabek Suyumov (Namangan, 60 kg.), Shodiyorbek Rajabaliev (Sirdaryo, 65 kg.), Nodirbek G'ofurov (Samarqand, 71 kg.), Ziyodulla Valijonov (Toshkent sh., 77 kg.), Eldor Mahmudov (Toshkent sh., 85 kg.), Nodirbek Nizomov (Buxoro, 95 kg.), Shoxruh Qurbonboev (Navoiy, +95 kg.).

    Chempionat g'olib va sovrindorlari diplom, medal` bilan taqdirlandi.

    Ilhom RAHMONOV tayyorladi