Aniqlanishicha, noqonuniy oltin savdosiga ixtisoslashgan uyushgan jinoiy guruhga Karmana tumanidagi sport sohasiga ixtisoslashgan MCHJ rahbari boshchilik qilgan. Jinoyatchilar xorijiy davlat fuqarolarini jalb qilgan holda soliq, geologiya va ekologiya sohasidagi qonunchilik talablarini qoʻpol ravishda buzib kelishgan.
Tezkor tadbir davomida qonunbuzarlardan 17,2 kg oltin va kumush qorishmasi, 20 kg yarim tayyor oltin mahsuloti, 250 kg tarkibida oltin boʻlgan boyitilgan koʻmir, 280 tonnadan ortiq qum va rudalar, 230 litr maxsus kimyoviy vositalar hamda oltin ajratib olish laboratoriyasi va jihozlari ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Jinoiy guruh 1 gektar yer maydonini noqonuniy sanoat ishlab chiqarish maydoniga aylantirib, oltinni ajratib olish uchun kimyoviy vositalar bilan toʻldirilgan 4 ta sunʼiy hovuz tashkil etgan.
Hozirda musodara qilingan ashyoviy dalillar ekspertizadan oʻtkazilmoqda va tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.