Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining Oʻrtachoʻl hududida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan “Valiobod” fermer xoʻjaligida “Paxta-2024” terimi mavsumi boshlanishini munosabati bilan namunali seminar tashkil etildi.
Qiziltepa tumanining Oʻrtachoʻl hududida faoliyat yuritayotgan fermerlar chigit ekish mavsumidanoq bu ishlarga jiddiy kirishib, chigitni paxta terim kombayniga moslab yerga qadashgan edi. Ayni kunlarda esa hosilni yigʻadigan davr keldi. Namunali seminarda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari, hududdagi fermerlar ishtirok etishdi.
Tadbirda fermerlarga yangi paxta terim mashinalari tantanali ravishda topshirildi va “Paxta 2024” terim mavsumiga start berildi.
Maʼlumot uchun, joriy yilda Qiziltepa tumanidagi mavjud 238 ta fermer xoʻjaliklarining 7100 gektar maydonlarida paxtaning “Buxoro 6” va “Buxoro 10” navlari yetishtirildi.