Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Navoiy shahrida “Kimyogar“ MFYda joylashgan “L. N.“ MCHJga qarashli issiqxonada gaz hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali tabiiy gaz quvuriga toʻgʻridan toʻgʻri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 150,7 million soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.