Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida, Karmana tumanida yashovchi huquqbuzar O.S tomonidan Toʻdakoʻl dam olish maskani hududida ikki tup jiyda, bir tup qayragʻoch va bir tup aylant daraxtlarini hech qanday ruxsatsiz tag qismidan kesib tashlangani aniqlandi.
Mazkur holat boʻyicha huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1- qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 mln 375 ming soʻm jarima hamda 43 mln 125 ming soʻm tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.