Yoshlar bandligini ta’minlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan mazkur festivalda yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan aholi ishtirok etdi.
O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasi Navoiy viloyati bo‘linmasi tomonidan ijro etilgan sho‘x qo‘shiqlar barchani raqsga chorladi, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.