Ushbu musobaqa yunon-rum kurashi boʻyicha navoiylik birinchi sport ustasi, Navoiy viloyati yunon-rum kurashi maktabi asoschisi Ibodulla Rahmonov xotirasiga bagʻishlab tashkil etilyapti.

Ilk bor oʻtkazilayotgan turnirda 2007-2008-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻzaro bellashadi. Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlari hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar gʻoliblik uchun gilamga chiqadi.